Dang‘ara tumanida zamonaviy xususiy maktab ishga tushdi.








Dang‘ara tumanida zamonaviy xususiy maktab ishga tushdi.
Dang‘arada tuman markazidan 30 km olisda joylashgan Bog‘ish mahallasida zamon talablari darajasidagi “Mendeleyev school” xususiy maktabining tantanali ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yig‘ilganlarni Mustaqillik bayrami bilan qutlab, istiqlol tantanalarini “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tayotganida ham o‘ziga xos ma’no-mazmun borligini, hamma millat, butun xalq birlashsagina mustaqilligimiz mustahkamkam bo‘lishini qayd etdi.
“Mendeleyev school” xususiy maktabi 840 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur ta’lim maskani uchun 20 milliard so‘m sarflanib, yoshlarning bilim olishi, iqtidor va salohiyatini yuksaltirishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
1-4 sinf o‘quvchilari uchun maxsus avtobuslar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, 5-11-sinf o‘quvchilari uchun 550 o‘rinli yotoqxona barpo etildi. Maktabda 92 nafar tajribali o‘qituvchi faoliyat olib boradi.
Tadbirda ishtirok etganlar yangi maktabda yaratilgan zamonaviy sinfxonalar, laboratoriyalar, sport zali va axborot texnologiyalari bilan jihozlangan xonalar bilan yaqindan tanishib chiqishdi.
Mazkur maktabning ishga tushirilishi tumanda ta’lim sifati oshishiga, yoshlarning ilm-fan va zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishiga keng imkoniyat yaratadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Dang‘ara tumani hokimi ishtirokida fuqarolar murojaati tinglandi


Targ‘ova mahallasida yangi maktab filiali ishga tushirildi.

