Dang‘ara tumani hokimi 37-maktabda tashkil etilgan “Bilimlar kuni” tadbirida ishtirok etdi.








Dang‘ara tumani hokimi Bo‘riqum MFYda joylashgan 37-maktabda tashkil etilgan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida tantanali “Bilimlar kuni” tadbirida ishtirok etdi.
Tadbirda xalq ta’limi tizimi mutasaddilari, nuroniylar, keng jamoatchilik va ota-onalar ishtirok etdilar.
Tadbir boshida tuman hokimi so‘zga chiqib, maktab o‘quvchilari, ustoz va ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabriklab, mamlakatimizda yosh avlod uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim tizimini yanada rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida joriy o‘quv yilida maktab ostonasiga ilk bor qadam bosgan 76 ta o‘quvchiga tuman hokimi tomonida o‘quv anjomlari, zarur darsliklar jamlanmasidan iborat “Prezident sovg‘asi” topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Dang‘ara tumani hokimi ishtirokida fuqarolar murojaati tinglandi


Targ‘ova mahallasida yangi maktab filiali ishga tushirildi.
