Tuman hokimi
323
2025-04-01

Shuxratjon Tojixakimov Nurmuxammadovich
Tug‘ilgan yili:1972-01-08
Tug‘ilgan joyi: Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani
2020-04-04 dan: Farg'ona viloyati Dang'ara tumani hokimi
Telefon:
Elektron pochta:hokim@dangara.uz
Millati:o'zbek
Partiyaviyligi:yo'q
Ma'lumoti:oliy
Tamomlagan:1995 y. Farg‘ona politexnika instituti (kunduzgi), 2003 y. Farg‘ona davlat universiteti (sirtqi)
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi:muhandis-quruvchi, iqtisodiyot
Davlat mukofoti bilan taqdirlanganmi:yo'q
Mehnat faoliyati
1988-1989 yy. - Oltiariq tumani “Matlubotsavdo” jamiyatlari uyushmasi hisobchisi
1989-1991 yy. - Farg‘ona shahar “O‘zenergomaxsusta’mirlash” korxona ishchisi
1991-1994 yy. - Oltiariq tumani “Maxsusqurilishta’mirlash” boshqarmasi ishchisi
1994-1995 yy. - Oltiariq tumani “Fayziobod” qurilish korxonasi texnik-nazoratchisi
1995-2001 yy. - Farg‘ona shahar hokimligi nazorat inspeksiyasi 1-toifali mutaxassisi
2001-2008 yy. - Farg‘ona shahar hokimligi mutaxassisi, hokim yordamchisi, davlat ro‘yxatga olish inspeksiyasi boshlig‘i
2008-2012 yy. - Farg‘ona shahar iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i
2012-2013 yy. - Farg‘ona viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari
2013-2014 yy. - Farg‘ona viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
2014-2016 yy. - Farg‘ona viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i
2016-2016 yy. - Farg‘ona viloyati hokimligi Hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-yig‘ma bo‘lim boshlig‘i
2016-2017 yy. - Farg‘ona viloyati hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri
2017-2017 yy. - Farg‘ona viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyati mudiri
2017-2017 yy. - Farg‘ona viloyati iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i
2017-2020 yy. - Yozyovon tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
2020-2020 yy. - Yozyovon tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
2020 y. - h.v. - Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani hokimi
Vazifalari
hokimning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasi xamda viloyat xokimining qaror va farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash;
tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini kompleks tahlil qilish, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, tarkibiy va institusional o‘zgartirishlar, mahalliy byudjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq tumanni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
tumanda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash, iqtisodiyotda, eng avvalo, sanoatda va qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarga doir tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;
tumanning subvensiya olishini qisqartirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, o‘zaro hisob-kitoblar tizimini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlash, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy huquqlarini va kafolatlarini ta’minlash yuzasidan hududiy boshqaruv organlarining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, hududiy investisiya dasturlari, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik yangilash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, mahalliylashtirish dasturi, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturlari, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va bandlikni ta’minlash dasturlari, shuningdek boshqa hududiy dasturlar amalga oshirilishi monitoringini olib borishning samarali tizimini yaratish;
hudud iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik sub’yektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni tashkil etish;
qishloq xo‘jaligida islohotlarni va tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish
chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan tizimli tahlilni tashkil etish;
aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, hududiy boshqaruv organlarining, boshqa tashkilotlarning yangi ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmushi darajasi va sifatini yanada oshirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish;
ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, tumanning innovasion salohiyatini, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, faoliyati samaradorligini oshirish, xizmatlar sohasini tubdan takomillashtirish, eng avvalo, innovasion ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish;
qonuniylikni, huquq-tartibotni va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa ekstremal holatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish;
rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi xamda viloyat xokimligining qaror va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;