Targ‘ova mahallasida yangi maktab filiali ishga tushirildi.








Targ‘ova mahallasida yangi maktab filiali ishga tushirildi.
Dang‘ara tumanida aholi uchun qulaylik yaratish va bolalarning sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini ta’minlash maqsadida navbatdagi ezgu tadbir amalga oshirildi.
Targ‘ova mahallasida 100 o‘ringa mo‘ljallangan 15-umumta’lim maktabi filiali tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Tadbirda tuman hokimi, xalq ta’limi tizimi mas’ullari, nuroniylar hamda mahalliy aholi ishtirok etdilar.
Yangi maktab filiali faqat boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda zamonaviy sinf xonalari, o‘quv-metodik jihozlar va barcha zarur ta’lim vositalari bilan ta’minlangan qulay shart-sharoitlar yaratilgan.
Mazkur filial ochilishidan oldin bolalar har kuni 3–4 kilometr yo‘l bosib, uzoqdagi maktabga qatnashga majbur edilar. Endi esa ular o‘z mahallasida, yaqin va xavfsiz sharoitda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ota-onalar va mahalliy aholi yangi maktab filialining ochilishini katta mamnuniyat bilan qarshi oldi. Ularning ta’kidlashicha, bu tashabbus nafaqat farzandlarining bilim olish jarayonini yengillashtiradi, balki ularning vaqt va kuchini tejashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Dang‘ara tumani hokimi ishtirokida fuqarolar murojaati tinglandi


