Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
118
23
Sayt test rejimida ishlamoqda...

122025-09-03 14:25

Dang‘ara tumani hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2099485354292260.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2099485354295845.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2099485354299430.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2099485354301820.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2099485354304210.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2099485354306600.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2099485354308990.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2099485354311380.jpg

Dang‘ara tumani hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish hamda odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari B.Kuldashev, tuman hokimi, davlat tashkilotlari rahbarlari hamda soha mutasaddilari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatayotgan ta’siri hamda bu illatni bartaraf etishda davlat organlari va jamoatchilikning o‘rni keng muhokama qilindi.

Shu bilan birga, davlat xizmatchilarining mas’uliyatini oshirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholi bilan muloqotda samarali tizimni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchilikda belgilangan talablar qat’iy amalga oshirilishi, bu jarayonda har bir mas’ul shaxsning faol ishtiroki va shaxsiy javobgarligi ta’minlanishi lozimligi ta’kidlandi.

Seminar davomida davlat fuqarolik xizmatchilari o‘z xizmat faoliyatida odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishlari, xizmat intizomiga amal qilishlari hamda fuqarolar bilan muloqot jarayonida yuqori madaniyat va samimiy munosabat namoyon etishlari zarurligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz