Dang‘ara tumanida yangi tikuvchilik va o‘quv markazi ishga tushirildi






Dang‘ara tumanida yangi tikuvchilik va o‘quv markazi ishga tushirildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Dang‘ara tumani Naymancha MFYda tadbirkor Axunova Mabudaxon tomonidan zamonaviy tikuvchilik va o‘quv markazi foydalanishga topshirildi.
Markazning tantanali ochilish tadbirida tuman hokimi, soha mutasaddilari, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida mazkur markazning aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, shuningdek, mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Markazda bir vaqtning o‘zida o‘nlab ish o‘rinlari yaratilib, yoshlar uchun kasb-hunar o‘rgatish kurslari tashkil etildi. Bu esa nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy sohada ham muhim qadam hisoblanadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Dang‘ara tumani hokimi ishtirokida fuqarolar murojaati tinglandi


Targ‘ova mahallasida yangi maktab filiali ishga tushirildi.

