Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
53
13
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1752025-05-21 08:40

Munosabat


Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Qizilmusht MFYdagi ekin yer maydonlari sanoat zonaga aylantirilmoqda” sarlavxasi ostida chiqarilgan videomurojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024 yil 11-12 iyul kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi hamda "Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-440-sonli qarori yuzasidan "Farg‘ona yangi imkoniyatlar" maxsus sanoat zonasi tashkil etishga ruxsat berilgan.

Topshiriqqa asosan, Dang‘ara tumanida maxsus sanoat zonalari tashkil etilishi uchun har tomonlama qulay va infratuzilma obyektlari joylashuvini inobatga olgan holda jami 50.1 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib shundan 12.0 gektar yer maydoni Qizilmusht MFY xududidan tanlab olingan.

Bugungi kunda qaror ijrosi yuzasidan Dang‘ara tumani Qizilmusht MFY xududidan tanlab olingan yer maydonida “Metall buyumlarini qayta ishlash" loyihasi bo‘yicha qurilish ishlari amalga oshrilmoqda. Buning natijasida 70 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz