Farg‘ona tumani “Obod” mahallasida “Onalarga ehtirom” tadbiri o‘tkazildi







Respublika ishchi guruhi va Farg‘ona tumani hokimligi tashabbusi bilan 36-davlat maktabgacha ta‘lim tashkiloti bilan hamkorlikda “Obod” mahallasida joylashgan “Xushnoza” to‘yxonasida onalik, fidoyilik va oilaparvarlik timsoli bo‘lgan ayollarni qadrlashga bag‘ishlangan “Onalarga ehtirom” nomli ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mahallada istiqomat qilib, uzoq yillar davomida halol va fidokorona mehnati bilan nafaqat jamiyat, balki oilasiga ham munosib hissa qo‘shgan, oila tarbiyasida ibratli misol bo‘lgan fidoiy onalar e‘tirof etildi. Ular uchun samimiy tilaklar bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan ona siymosining jamiyatdagi beqiyos o‘rni, uning tarbiya va bunyodkorlikdagi roli, milliy qadriyatlarimizdagi aziz maqomi haqida iliq so‘zlar aytildi. Onalarni e‘zozlash, ularning hayotiy tajribasi va mehr-muruvvatini ulug‘lash tadbirning asosiy g‘oyasini tashkil etdi.
Mazkur tashabbus oila va mahalla birligini mustahkamlash, yurtimizda ayollarga e‘tibor va hurmat muhitini yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri sifatida e‘tirof etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Dang‘araning chempionlar yetishtiradigan sport maktabi

"So‘nggi qo‘ng‘iroq" sadolari yangradi.

Dang‘ara tumanidan 63 nafar ziyoratchi muborak Haj safariga kuzatildi.


