Dang‘ara tumanida Respublika ishchi guruhining ommaviy sayyor qabuli tashkil etildi.








Dang‘ara tumanida Respublika ishchi guruhining ommaviy sayyor qabuli tashkil etildi.
Dang‘ara tumani Tangriqul MFYda joylashgan 2-son politexnikumida Respublika ishchi guruhi a’zolari ishtirokida Dang‘ara, Uchkuprik hamda Buvayda tumanlarining aholisi uchun ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Qabulda Prezident Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Adliya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari hamda boshqa qator markaziy idora va tashkilotlar mas’ul rahbarlari, shuningdek, viloyat va tuman hokimliklari mutasaddilari ishtirok etdi.
Qabul jarayonida fuqarolarning tadbirkorlik uchun bank krediti olish, moddiy va tibbiy yordam masalalari, ichki yo‘llar, subsidiyalar, uy-joy ta’mirlash, elektr tarmoqlari, ichimlik suvi ta’minoti, ijtimoiy-maishiy, huquqiy va boshqa dolzarb murojaatlari eshitildi.
Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, yechimi topilgan murojaatlar joyida hal etildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

"So‘nggi qo‘ng‘iroq" sadolari yangradi.

Dang‘ara tumanidan 63 nafar ziyoratchi muborak Haj safariga kuzatildi.


