Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
53
13
Sayt test rejimida ishlamoqda...

992025-05-22 19:23

Dang‘ara tumanidan 63 nafar ziyoratchi muborak Haj safariga kuzatildi.

Dang‘ara tumanidan 63 nafar ziyoratchi muborak Haj safariga kuzatildi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi, diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar tufayli bugun minglab vatandoshlarimiz o‘z farzlarini emin-erkin bajarish baxtiga erishmoqda. Bu borada ularga davlatimiz tomonidan juda katta amaliy yordam ko‘rsatilmoqda, qulay sharoit yaratib berilmokda.

Tuman hokimi boshchiligidagi tuman raxbarlari, imomlar, jamoatchilik vakillari ziyoratchilarni kuzatish uchun Navbaxor MFYda joylashgan “Sayyid Ahmadxon hoji” jome masjidida jam bo‘ldilar.

Ziyoratchilar uchun dasturxon yozilib, oshlar damlandi. Alloh taoloning bayti sari yo‘l olayotgan ziyoratchilar eson-omon Haj amallarini bajarib, yurtimizga sog‘-salomat qaytib kelishlarini Yaratgandan so‘rab duolar qilindi.

Qayd etish joizki, ziyoratchilarga Makka va Madina shaharlarida barcha sharoitlarga ega mehmonxonalar xizmat ko‘rsatib, tajribali ishchi guruh va malakali shifokorlar hamrohlik qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz