"So‘nggi qo‘ng‘iroq" sadolari yangradi.








Dang‘ara tumanidagi barcha maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" sadolari yangradi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Dang‘ara tumanidagi 1-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatida tashkil etilgan "Ilm eng buyuk sharaf!" shiori ostidagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
Dastlab viloyat hokimi Prezidentimizning mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlariga tabrigini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng qalbida bir olam orzular bilan ulkan marralar sari dadil intilayotgan o‘g‘il-qizlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tamomlayotgani bilan samimiy tabriklab, viloyatimiz ta’lim tizimida so‘nggi yillarda sifat va samaradorlik ancha yaxshilanib, mahoratli, izlanuvchan o‘qituvchilarning safi tobora kengayib borayotganini alohida ta’kidladi.
Dang‘ara tumanidagi mazkur maktab-internati ham viloyatdagi namunali bilim dargohlaridan biri bo‘lib, joriy o‘quv yilida maktab-internatini 25 nafar o‘quvchilar 11-sinfini tamomlayotganligi ma’lum qilindi.
E’tiborlisi, mazkur maktab bitiruvchilari uch yildan buyon to‘liq oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kiradi. Maktab-internatning 11-sinf o‘quvchisi Nozimjon Shavkatjonovning fizika fanidan nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida erishyotgan yutuqlari etirof etildi.
Samarali faoliyat olib borayotgan maktab o‘qituvchilari, iqtidorli o‘quvchilarning bir guruhi viloyat hokimining faxriy yorliq, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Maktab jamoalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar barchaga manzur bo‘ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Dang‘araning chempionlar yetishtiradigan sport maktabi

Dang‘ara tumanidan 63 nafar ziyoratchi muborak Haj safariga kuzatildi.


