Tergov sudyasi

Tergov sudyasi
Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari belgilanib, keng qamrovli dasturiy tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.Bunda, insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi bo‘lib, davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi.
Prezidentimizning "Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2024 yil 10 iyundagi PF-89-sonli farmonini inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida davlatimiz olib borayotgan amaliy ishlarning davomiyligi sifatida ko‘rishimiz mumkin.
Unga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan boshlab jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar- tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi tartibi belgilandi, jinoyat ishlari bo‘yicha har bir tuman, shahar sudlarida tergov sudyalari ish faoliyatini boshladi.
Tergov sudyalariga ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish, jinoyat materiallarini, shu jumladan sanksiyalar va majburlov choralarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish vakolati berilib, unda qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash bilan bog‘liq iltimosnoma; qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini muddatini uzaytirish masalasi bilan bog‘liq iltimosnoma; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnoma; murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnoma; pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma; tintuv o‘tkazish haqidagi iltimosnoma; telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi iltimosnoma; mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma;
quyidagilar bo‘yicha majburlov choralari: ya’ni, ayblanuvchini lavozimidan chetlatish to‘g‘risidagi iltimosnoma; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnoma; ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma; ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma; prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib, qaror qabul qiladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo adolatli bo‘lishi, ya’ni huquqbuzarlikning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Shunday ekan, sudlar inson huquq va erkinliklariga ta’sir etadigan majburlov choralari yoki ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qo‘llashga sanksiya berish chog‘ida har bir holatdan kelib chiqib shaxsning va u sodir etgan qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini inobatga olib, qonunlarga qat’iy amal qilgan holda adolatli qaror qaror qabul qilishlari lozim.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo adolatli bo‘lishi, ya’ni huquqbuzarlikning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Xulosa o‘rnida Tergov sudyalari ma’muriy ishlarni ko‘rishda va Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolati bo‘lishi lozimdir.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Dang‘ara tumani sudining
tergov sudyasi Sh.Komilov
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

"So‘nggi qo‘ng‘iroq" sadolari yangradi.

Dang‘ara tumanidan 63 nafar ziyoratchi muborak Haj safariga kuzatildi.


