"Hokim va yoshlar" uchrashuvi








Mamlakatimizda so‘nggi yillarda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy bilim egallashlari uchun shart-sharoit yaratish, bandligini ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Yoshlar Ishlari Agentligi Dang‘ara tumani bo‘limi tashabbusi bilan Registon o‘quv markazi Dang‘ara tumani filialida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.
Yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda tuman hokimi, tuman IIb boshlig‘i hamda davlat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan o‘qish uchun kontrakt pulini to‘lab berish, imtiyozli kredit olish, davolanish uchun moddiy yordam, ishga joylashish kabi murojaatlari yo‘llandi.
Mazkur uchrashuvda bir qator yoshlarning murojaatlari shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar nazoratga olinib, ijrosi bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

"So‘nggi qo‘ng‘iroq" sadolari yangradi.

Dang‘ara tumanidan 63 nafar ziyoratchi muborak Haj safariga kuzatildi.


