“Yangi asr” mahallasida “Onalarga ehtirom” tadbiri bo‘lib o‘tdi










Farg‘ona tumanining “Yangi asr” mahallasida onalik, mehr-muruvvat, fidoyilik va oila timsoli bo‘lgan ayollarni e‘zozlashga bag‘ishlangan “Onalarga ehtirom” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ona siymosiga bo‘lgan hurmat, ularning mehnati va oila hayotidagi beqiyos o‘rniga alohida e‘tibor qaratildi.
Tadbirda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Adhamjon Ziyavitdinov, Farg‘ona tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Otabek Abdurahimov, Uyushmaning tuman bo‘limi boshlig‘i Diyorbek Xomidov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida mahallada istiqomat qilib, yillar davomida fidokorona mehnat qilgan, jamiyat va oila hayotida namunali faoliyat yuritgan onalar samimiy tabriklar bilan e‘zozlandi.
So‘z olganlar ona siymosining muqaddasligi, ularning farzand tarbiyasidagi sabr-toqat va mehribonligi haqida iliq fikrlar bildirib, bunday tadbirlar jamiyatda oila institutini mustahkamlash, ma‘naviy qadriyatlarni asrab-avaylash va ayollarga bo‘lgan hurmatni oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta‘kidladilar.
Tadbir davomida madaniy-ma‘rifiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va samimiy muloqotlar orqali bayramona muhit yaratildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Dang‘araning chempionlar yetishtiradigan sport maktabi

"So‘nggi qo‘ng‘iroq" sadolari yangradi.

Dang‘ara tumanidan 63 nafar ziyoratchi muborak Haj safariga kuzatildi.


