O‘zbekiston Respublikasida o‘g‘irlik jinoyatining huquqiy tavsifi va jinoiy javobgarlik asoslari

O‘g‘irlik – eng keng tarqalgan mulkiy jinoyat shakli
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat qonunchiligida o‘g‘irlik – bu o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish deb belgilangan. Ushbu jinoyat shakli iqtisodiyotga salbiy ta‘sir ko‘rsatadigan eng ommaviy huquqbuzarliklardan biri bo‘lib, ko‘plab jinoyat ishlarining predmeti bo‘lib xizmat qiladi.
Jinoyat kodeksining 169-moddasida belgilangan ushbu jinoyat turining asosiy alomati shundaki, unda mulkdorga nisbatan zo‘ravonlik ishlatilmaydi, mulk aldov yoki ishonchni suiiste‘mol qilish yo‘li bilan emas, balki yashirin tarzda talon-toroj qilinadi. Bu holat ko‘pincha jismoniy shikast etkazmaslik bilan tavsiflansa-da, o‘zining ijtimoiy xavfliligi bilan ajralib turadi.
O‘g‘irlik jinoyatining obekti va shakllari
O‘g‘irlik jinoyatining to‘g‘ridan-to‘g‘ri obekti – o‘zganing mulkidir. Bu mulk:
— moddiy boyliklar (tovarlar, xom ashyo, tayyor mahsulotlar);
— iqtisodiy qiymatga ega boshqa ob‘ektlar (pul, mol-mulk);
— narxning umumiy ekvivalenti sifatida maxsus tovar sifatida e‘tirof etilgan qiymatlar bo‘lishi mumkin.
O‘g‘irlik, ko‘pincha, quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
— egasi vaqtincha yo‘qligidan foydalangan holda (masalan, qorovul uxlayotganida);
— jamoat joylarida (masalan, cho‘ntak o‘g‘irliklari yoki savdo rastalarida);
— o‘zini mol-mulk egasi sifatida ko‘rsatgan holda (vokzal, aeroportlarda qarovsiz qolgan yuklarni olib ketish holatlari).
O‘g‘irlik jinoyatining obektiv va subektiv belgilar
Obektiv tomondan, jinoyat yashirin ravishda, ya‘ni mol-mulk egasi yoki undan manfaatdor boshqa shaxslarning bexabar holda sodir etiladi. Bunday holatlarda talon-toroj ochiq bo‘lib ko‘rinsa ham, agar atrofdagilar ushbu harakatning jinoyat ekanini anglamasa, u yashirin shakldagi o‘g‘irlik sifatida malakalashtiriladi.
Subektiv tomondan, o‘g‘irlik doimo to‘g‘ri qasd bilan, ya‘ni ongli ravishda mol-mulk egasining roziligisiz uni egallab olish va o‘zlashtirish niyatida amalga oshiriladi. Aybdor yashirinlik usulini ongli ravishda tanlaydi va uni amalga oshiradi.
Agar aybdor jinoyat joyidan qochib ketgan bo‘lsa yoki harakatlarini davom ettirishga uringan bo‘lsa, u holda jinoyat sodir bo‘lgan hisoblanadi. Ammo agar u jinoyatni oxiriga etkazmasdan to‘xtasa, bu holat o‘g‘irlikka suiqasd sifatida malakalashtiriladi.
O‘g‘irlik jinoyatining subekti va huquqiy javobgarlik
Mazkur jinoyatning subekti 14 yoshga to‘lgan, aqli raso har qanday shaxs bo‘lishi mumkin. Agar jinoyat mol-mulkni vaqtincha saqlash, boshqarish yoki etkazib berish vakolatiga ega shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, bu holat o‘g‘irlik emas, balki ishonchni suiiste‘mol qilish yoki mansab vakolatini suiiste‘mol qilish sifatida Jinoyat kodeksining boshqa moddalari asosida baholanadi (masalan, JK 167-moddasi).
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasining jinoiy siyosatida mulk daxlsizligi oliy konstitusiyaviy qadriyat sifatida e‘tirof etiladi. O‘g‘irlik jinoyati jamiyatning huquqiy barqarorligiga va mulkiy tartib-intizomga putur etkazuvchi omil bo‘lib, unga nisbatan qonunchilikda qat‘iy choralar belgilangan. Har bir fuqaro mol-mulkka oid huquqlarni chuqur bilishi, o‘z huquq va burchlarini anglab yashashi huquqiy davlat qurish yo‘lidagi muhim omillardandir.
Ergashev Avazjon Yigitalievich
Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudining raisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Dang‘araning chempionlar yetishtiradigan sport maktabi

"So‘nggi qo‘ng‘iroq" sadolari yangradi.

Dang‘ara tumanidan 63 nafar ziyoratchi muborak Haj safariga kuzatildi.


