Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
53
13
Sayt test rejimida ishlamoqda...

462025-05-23 22:53

Farg‘ona tumani ixtisoslashtirilgan maktabida bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona tumani ixtisoslashtirilgan maktabida yoshlik va ilm-ma‘rifat bilan yo‘g‘rilgan unutilmas onlardan biri — bitiruv kechasi bayramona ruhda nishonlandi.

Tadbirda Farg‘ona tumani hokimligi, tuman hokimining ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta‘minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Maftunaxon Obidova, tuman Madaniyat bo‘limi vakillari, maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari ota-onalari, ustoz va murabbiylar hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida yoshlarga o‘zlarining kelajak hayot yo‘lida dadil odimlashlari, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlari uchun ezgu tilaklar bildirildi. Ustozlar tomonidan bitiruvchilarga hayot saboqlari, ota-onalar tomonidan esa samimiy duolar va minnatdorchilik so‘zlari aytildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz