Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
53
13
Sayt test rejimida ishlamoqda...

502025-05-23 22:59

Farg‘ona tumani ixtisoslashtirilgan maktabida bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi

Bayram dasturi davomida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Bitiruvchilar maktab bilan xayrlashar ekan, o‘z ustozlariga chuqur minnatdorlik bildirib, maktab devorlarida o‘tgan yillarni iliq xotiralar bilan esladilar.

Tadbir davomida Farg‘ona tumani hokimining bitiruvchilarga yo‘llagan rasmiy bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Unda yoshlarga mustaqil hayot yo‘lida zafarli qadamlar, Vatan ravnaqi uchun fidokorona mehnat va ezgu orzu-umidlar tilak sifatida bildirildi.

Tadbir yakunida maktab direktori boshchiligida bitiruvchi o‘quvchilar tomonidan bitiruvchilar qasamyodi qabul qilindi. An‘anaga muvofiq, bitiruvchilarning ramziy lentalari qirqildi, bu esa ular uchun yangi bosqich — katta hayot sari tashlangan ilk qadamlardan biri sifatida tarixda muhrlandi.

Bayram tadbiri nafaqat bitiruvchilar, balki ota-onalar va ustozlar uchun ham unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz