Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
122
23
Sayt test rejimida ishlamoqda...

182025-09-18 18:10

Dang‘ara tumanida yangi 660 o‘rinli maktab qurilmoqda

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2101050221674790.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2101050221678375.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2101050221683155.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2101050221687935.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2101050221690325.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2101050221691520.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2101050221692715.jpg

Dang‘ara tumanida yangi 660 o‘rinli maktab qurilmoqda

Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish va bolalar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida olib borilayotgan ishlar doirasida Dang‘ara tumanida yana bir yangi ta’lim muassasasi barpo etilmoqda.

Xususan, Teleming mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Davlat dasturi asosida 660 o‘rinli zamonaviy maktab qurilishi amalga oshirilmoqda.

Yangi ta’lim maskani zamonaviy me’moriy talablarga muvofiq, barcha sharoitlar bilan jihozlangan holda barpo etilishi rejalashtirilgan.

Mazkur muassasa faoliyatga tushgandan so‘ng, yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilib, ular zamonaviy sinf xonalari, laboratoriyalar va sport zallaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Qurilayotgan yangi maktab tumanda ta’lim sifatini oshirish, bolalarning bilim olish sharoitlarini yaxshilash va ularni har tomonlama barkamol avlod qilib tarbiyalashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz