Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
122
23
Sayt test rejimida ishlamoqda...

182025-09-17 16:42

Dang‘ara tumanida fuqarolar murojaatlari tinglandi

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2100940638894945.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2100940638902115.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2100940638908090.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2100940638911675.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2100940638914065.jpg

Dang‘ara tumanida fuqarolar murojaatlari tinglandi

Dang‘ara tuman hokimi ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabul tadbiri o‘tkazildi. Mazkur qabul jarayoni aholining turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o‘rganish va ularni amaliy hal etishga qaratildi.

Qabul jarayonida tuman hokimi tomonidan har bir murojaat alohida tinglandi. Fuqarolar moddiy va tibbiy yordam masalalari, tadbirkorlik faoliyati uchun bank kreditlari ajratish, uy-joylarni ta’mirlashda ko‘mak berish kabi masalalar yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirdi.

Barcha murojaatlar belgilangan tartibda ro‘yxatga olindi. Joyida yechimi topilgan masalalar shu yerning o‘zida hal etildi. Qonunda belgilangan huquq va majburiyatlar doirasida yechim talab qiluvchi masalalar bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushunchalar berildi. Shu bilan birga, muddat talab etuvchi murojaatlar tegishli mutasaddi tashkilot va mas’ullarga yuborilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Shu kabi fuqarolar qabullari orqali aholi muammolari muntazam ravishda o‘rganilib, ularning yechimini topish, shu orqali joylardagi turmush darajasini yaxshilashga e’tibor qaratib kelinmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz