Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
122
23
Sayt test rejimida ishlamoqda...

352025-09-16 14:53

Dang‘ara tumanida nogironligi bo‘lgan bolalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun xizmat yo‘lga qo‘yildi

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2100829644897775.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2100829644906140.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2100829644909725.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2100829644914505.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2100829644919285.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2100829644920480.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2100829644921675.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2100829644922870.jpg

Dang‘ara tumanida nogironligi bo‘lgan bolalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun xizmat yo‘lga qo‘yildi

Dang‘ara tumanida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan Qiyali mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi xizmat turlari yo‘lga qo‘yildi.

Endilikda mazkur markazda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati, shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati tashkil etildi.

Mazkur xizmatlar samaradorligini ta’minlash maqsadida muassasaga malakali mutaxassislar — psixologlar, reabilitatsiya xodimlari va parvarishlovchi hamshiralar biriktirilgan. Bu esa ehtiyojmand toifadagi fuqarolar uchun kompleks qo‘llab-quvvatlash tizimini yo‘lga qo‘yish imkonini berdi.

Shu bilan birga, ushbu xizmatlarning yo‘lga qo‘yilishi orqali nogironligi bo‘lgan bolalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar oilalarida mehnatga layoqatli a’zolarning muayyan mehnat bilan shug‘ullanishlari uchun qulaylik yaratildi. Bu esa aholi bandligini ta’minlash va oilaviy turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz