Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi








Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2025 yil II-yarim yillik ish rejasiga muvofiq, Dang‘ara tumanida xotin-qizlar faollari ishtirokida “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mahallalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari o‘z ish tajribalarini namoyish etdilar. Jumladan, aholi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi, shuningdek, ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi faol ishtiroklari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Tanlov jarayonida ishtirokchilarning bilim va tajribalari, aholi muammolarini hal etishdagi tashabbuskorligi, ijtimoiy hayotdagi faolligi hamda namuna sifatida ko‘rsata oladigan ishlariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarning faoliyati 9 ta mezon asosida atroflicha baholandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
“Boy-bo‘ta” mahallasi xotin-qizlar faoli – I-o‘rin,
“Teliming va Oltiqo‘sh” mahallasi xotin-qizlar faoli – II-o‘rin,
“Kichik turk” mahallasi xotin-qizlar faoli – III-o‘rinni egalladilar.
G‘olib va ishtirokchilar tuman hokimligi hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Dang‘ara tumani hokimi faol nuroniylar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Dang‘ara tumanida mahalla raislari uchun o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi

Dang‘ara tumani G‘umoyli MFY ko‘chalari shag‘allashtirilmoqda