Dang‘ara tumanida mahalla raislari uchun o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi








🔷Dang‘ara tumanida mahalla tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish, mahalla raislarining malaka va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
🔷Tadbirning asosiy maqsadi mahalla raislarining qonunchilikka oid bilimlarini mustahkamlash, ularning amaliy faoliyatida uchrayotgan muammolarni o‘rganish va samarali yechimlarni ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.
🔷Seminarda tuman hokimi, tumandagi “Mahalla yettiligi”ga mas’ul bo‘lim boshliqlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etdilar.
🔷Seminar davomida mahalla boshqaruvi bilan bog‘liq huquqiy asoslar, fuqarolarning murojaatlarini qonuniy tartibda ko‘rib chiqish, yer va mulkka oid masalalarni hal etish, hujjatlarni to‘g‘ri va shaffof yuritish kabi mavzular atroflicha muhokama qilindi.
🔷Shuningdek, mahalla tizimi faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Dang‘ara tumani hokimi faol nuroniylar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi

Dang‘ara tumani G‘umoyli MFY ko‘chalari shag‘allashtirilmoqda