“Beruniy” mahallasiga yangi transformator o‘rnatildi






Mamlakatimiz rahbarining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida respublikaning barcha hududlarida aholining ijtimoiy hayotini yaxshilash, infratuzilma imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlar samarasi o‘laroq, Farg‘ona tumanidagi “Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘inida ham aholi turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan muhim tashabbus yo‘lga qo‘yildi.
Xususan, mahallada mavjud elektr uzatish tarmoqlarini yangilash ishlari boshlab yuborildi. Loyihaga ko‘ra, umumiy uzunligi 2,5 kilometrni tashkil etuvchi yangi elektr uzatish tarmoqlari tortilishi, shuningdek, hududga zamonaviy transformator punkti o‘rnatilishi belgilangan.
Kuni kecha ushbu loyihaning muhim bosqichlaridan biri amalga oshirildi — “Beruniy” mahallasiga yangi transformator punkti olib kelinib, o‘rnatildi. Ayni paytda montaj ishlari jadal sur‘atlarda olib borilmoqda. Ushbu transformator punkti mahalla aholisining barqaror va uzluksiz elektr ta‘minotiga ega bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Loyihaning to‘liq amalga oshirilishi natijasida mahalladagi elektr ta‘minoti sifat jihatidan yaxshilanib, mahalladagi nafaqat aholi iste‘molchilarining balki, tadbirkorlarning faolyatida ham yangi qulayliklar yaratishga xizmat qiladi.
Mazkur tashabbus “Beruniy” mahallasi misolida tumanimizda olib borilayotgan farovonlik sari yo‘naltirilgan islohotlarning yana bir amaliy ifodasidir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Dang‘ara tumanidan 63 nafar ziyoratchi muborak Haj safariga kuzatildi.





“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi