Dang‘ara tumanida “Dolzarb 90 kun”








Dang‘ara tumani Bog‘ish MFYda joylashgan 3-son politexnikumida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ko‘rgazmali tadbir tashkil etildi.
Dang‘ara tuman IIB boshlig‘i tuman hokimi o‘rinbosari hamda tashkilot raxbarlari 3-son Politexnikumida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish borasida tashkil etilgan ingilis tili, sport, axborot texnologiyalari, tikuvchilik hamda boshqa to‘garaklar faoliyati bilan tanishib o‘tdi.
Shuningdek tadbir davomida bo‘lib o‘tgan rahbar va yoshlar uchrashuvida so‘z olganlar so‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar, ularning sog‘lom va barkamol shaxs bo‘lib kamol topishlari uchun amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirib o‘tildi.
Uchrashuv davomida yoshlarga har bir yo‘nalish, jumladan OTMlarda ta’limni davom ettirish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun imtiyozli mavjud bank kreditlari hamda korxona-tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda ehtiyojmand oila vakillarini qo‘llab-quvvatlash tartiblari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida voleybol sport musobaqalari tashkil etildi.










