“Yashil makon”






Dang‘ara tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.
🔷 Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tashabbusi bilan Chinobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi bo‘sh yer maydonlari obodonlashtirilib, 300 dan ortiq turli xil manzarali ko‘chatlar ekildi.
🔷 Tadbirda tuman hokimi yordamchilari, mas’ul mutaxassislar hamda bo‘lim xodimlari faol ishtirok etib, aholi o‘rtasida ham “Yashil makon” loyihasining mazmun-mohiyati, uning ahamiyati va ekologik afzalliklari yuzasidan tushuntirish ishlarini amalga oshirdilar.
🔷 Shuningdek, ko‘chatlarni to‘g‘ri parvarishlash, agrotexnik talablarga rioya qilish, ularni mineral va organik o‘g‘itlar bilan o‘z vaqtida oziqlantirib borish muhim ekanligi alohida ta’kidlandi. Mutaxassislar tomonidan ko‘chatlarning sug‘orish tartibi, mos iqlim sharoitida parvarishlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berildi.
🔷“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan bunday tashabbuslar tuman hududi ekologik barqarorligini ta’minlashga, aholi uchun sog‘lom va yashil muhit yaratishga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz










