Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
149
29
Sayt test rejimida ishlamoqda...

492025-12-13 11:40

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida voleybol sport musobaqalari tashkil etildi.

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2109901564187280.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2109901564193255.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2109901564195645.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2109901564198035.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2109901564200425.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2109901564202815.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2109901564205205.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2109901564207595.jpg



🔷Dang‘ara tumanida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularni sportga keng jalb etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida maktab o‘quvchilari o‘rtasida voleybol sport musobaqalari tashkil etildi.

🔷Dang‘ara tumani Ichki ishlar bo‘limi tashabbusi bilan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda tuman sport maktabi hamkorligida tashkil etilgan mazkur musobaqalar yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk etib tarbiyalash, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jamoaviylik va o‘zaro hamjihatlik ruhini kuchaytirishga qaratilgan.

🔷Musobaqa boshida so‘zga chiqqan tuman IIB boshlig‘i yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga chaqirib, bunday musobaqalar o‘quvchilarning jismoniy chiniqishi, intizomli va faol bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

🔷Musobaqada tumandagi umumta’lim maktablaridan shakllantirilgan jamoalar ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashmoqda. Bellashuvlar do‘stona va yuqori sport ruhida o‘tmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz