Dang‘ara tumanida sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolar tantanali ravishda taqdirlandi








Dang‘ara tumanida sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolar tantanali ravishda taqdirlandi
🔷Dang‘ara tumanida aholining jismoniy faollik darajasini oshirish maqsadida 30 yoshdan 70 yoshgacha va undan katta yoshdagi fuqarolar o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlari o‘tkazilgan edi.
🔷Mazkur jarayonning navbatdagi bosqichi sifatida belgilangan talablarni muvaffaqiyatli bajargan fuqarolarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🔷Tantanali marosimda Dang‘ara tumani hokim o‘rinbosari, sport maktabi xodimlari, shuningdek, sportchi yoshlar ishtirok etdilar.
🔷Tadbirda sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolarga ko‘krak nishonlari va esdalik sovg‘alar topshirildi.
🔷Tadbir davomida aholining jismoniy faolligini oshirish, sportni keng ommalashtirish, yoshlar va keksa avlod vakillarini sog‘lom turmush tarziga jalb etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlab o‘tildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz










