Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
150
30
Sayt test rejimida ishlamoqda...

362025-12-15 16:48

Dang‘ara tumanida “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2110130156321635.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2110130156333585.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2110130156338365.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2110130156358680.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2110130156369435.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2110130156374215.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2110130156380190.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2110130156382580.jpg

🔷 Dang‘ara tumanida “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔹 Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Alibek Tursunov, tuman hokimi, tuman rahbarlari, ilg‘or fermer va dehqonlar, mexanizatorlar, suv xo‘jaligi xodimlari, tajribali tomorqa yer egalari, shuningdek, sohaga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda qayta ishlash korxonalari vakillari ishtirok etdilar.

🔹 Bayram tantanalarida tuman hokimi so‘zga chiqib, joriy yilda tumanda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha erishilgan natijalar, sohani innovatsion rivojlantirish borasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida to‘xtalib, barcha soha fidoyilarini bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

🔹 Tadbir davomida qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari, qayta ishlash tarmoqlari vakillari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlaridan iborat bir guruh fidoyi mehnatkashlar sohani rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun tuman hokimligining faxriy yorliqlari, qimmatbaho sovg‘alari hamda ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.

🔹 Bayram tadbirida tuman madaniyat bo‘limi xodimlari hamda yurtimizning taniqli san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tantanaga ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruh bag‘ishladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz