Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
147
27
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1382025-12-06 16:04

Xalq deputatlari Dang‘ara tuman Kengashining VII-chaqiriq 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2109197780559850.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2109197780562240.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2109197780564630.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2109197780565825.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2109197780569410.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2109197780571800.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2109197780572995.jpg

Xalq deputatlari Dang‘ara tuman Kengashining VII-chaqiriq 17-sessiyasi
bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashining raisi Sh.Tojixakimov ochdi va olib bordi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi “Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-440-sonli qarori ijrosi yuzasidan oktabr oyida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimi Tojixakimov Shuxratjon Nurmuxammadovich ma’lumot berib o‘tdi.

“Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib- tamoyillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli farmoyishiga asosan tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Latipov Kozimjon Xakimjonovich axboroti eshitildi.

Dangara tumani “SHODLIK” mahalla fuqarolar yig‘ini nomini “QIRQLAR” nomiga o‘zgartirish to‘g‘risida tuman hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Irismatova Sanobarxon Isroilovna ma’lumot berib o‘tdi
Shuningdek, tuman yoshlar agentligi bo‘limi boshlig‘i Xidirov Lazizjon Aliqo‘ziyevich Yoshlar muammolarini hal qilish, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha Dangara tumanida sentabr oyida mahallalardagi yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va muloqotlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berib o‘tdi.
Kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar ko‘rib chiqilib, sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz