Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
61
14
Sayt test rejimida ishlamoqda...

582025-05-30 22:45

“Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” gʻoliblari tantanali ravishda taqdirlandi



✅Quvasoy shahrida tashkil etilgan futbol va mini futbol boʻyicha “Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi” musobaqalari yakuniga yetdi. Kun yakunida shahardagi “Sementchi” markaziy oʻyingohida gʻolib jamoalarni tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Taqdirlash marosimi katta bayramona shukuhda oʻtdi. Musiqa va qoʻshiqlarga boy sahna dasturi tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

🟢Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan kubok, diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

🏆 Sovrindorlar roʻyxati:

⚽️Mini futbol:

🥇 1-oʻrin — Bog‘bon MFY
🥈 2-oʻrin — Pastki Valik MFY
🥉 3-oʻrin — Yangiobod MFY

⚽️ Futbol:

🥇 1-oʻrin — Yangiobod MFY
🥈 2-oʻrin — Nayman MFY
🥉 3-oʻrin — Sufon MFY

Ta’kidlash joizki, ushbu musobaqalarni tashkil etishdan koʻzlangan asosiy maqsad – yoshlar orasida sportni keng ommalashtirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, shuningdek, ularni Vatanga sadoqat, jismoniy va ma’naviy barkamollik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz