Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
61
14
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1382025-05-28 16:26

Transport vositasini olib qochish uchun qanday jinoiy javobgarlik belgilangan

Transport vositasini olib qochish uchun qanday jinoiy javobgarlik belgilangan

Transport vositalarini olib qochish deganda, o‘zganing transport vositasini talon-toroj qilish maqsadisiz bir joydan boshqa joyga ko‘chirish tushuniladi va ushbu jinoyat aybdor shaxs tomonidan transport vositasini turgan joyidan boshqa joyga olib qochgan paytdan boshlab tamom bo‘lgan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasida, transport vositasini olib qochganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo‘lib, mazkur qonunga ko‘ra, shaxs transport vositasini olib qochsa besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
shaxsning o‘sha harakatlari: takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; zo‘rlik ishlatib yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib; transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida o‘g‘rilik yoki talonchilik yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
bundan tashqari, o‘sha harakatlar: o‘ta xavfli retsidivist tomonidan; uyushgan guruh tomonidan; transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida bosqinchilik yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Maxkamjon Abdubannabov,
jinoyat ishlari bo‘yicha
Dang‘ara tuman sudining raisi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz