Oila jamiyat asosiy bo`g`ini

Oila jamiyat asosiy bo`g`ini
Oila – nafaqat bir yurtning, balki umuminsoniyatning katta siyosati. Aytish kerakki – davlat siyosati. Nega deganda, bashariyatning tirikligi, uzluksizligi – oiladan. Axir oilaning eng birlamchi va bevosita vazifasi, ma`naviyat tili bilan aytganda muqaddas vazifasi- insoniyatning zanjirini sog`lom va iqtidorli avlodlar bilan ulab borishdan iborat.
Sharqda oila qadim- qadimdan muqaddas qo`rg`on hisoblangan.O`zbek oilalarining serildizlik, serbutoqlik xususiyatlari qadim-qadimdan va xozir boshqa millat kishilarida xam xayrat , xam xurmat uyg`otgan xususiyatidir. O`zbek oilasida ayol , ona ana shu qo`rg`onning posbonlari, oilaning muqaddasligini ta`minlovchi mo`tabar insonlardir.
Qur`oni karimda , hadislarda ayol-onani ulug`lash kerakligi haqida ko`plab ibratli ko`rsatmalar bor. Dunyoga yangi kelgan farzand uchun oila-ilk tarbiya maskani, shu muqaddas dargohning ma`naviy -axloqiy muhitini yaratuvchi mo`tabar zotdir.
Qalbning iymonli va rahmonligi yoki, aksincha bag`ritoshlik va iblislik ham oilada shakllanadi.
Taraqqiy etgan davlatlarning o`z mamlakatlarida oilaga katta e`tibor berishi turli yo`llar bilan uning nufuzini ko`tarishga intilishi aslo bejiz emas.Yaxshi oila xushxulqli, iymonli solih kishilarni , ibratli insonlarni tarbiyalaydi.
Voyaga yetayotgan xar bir kishi oila to`g`risidagi yaxshi ko`rsatma, yo`riq, tuzuk, qonun-qoidalarni yaxshi bilishi lozim.Ana shu bilim va istag ularning o`z oilalarini ko`rkam tuzuvlariga , shu kichkina mamlakatlarni to`g`ri boshqaruvlariga yordam beradi.Oilada rohatli umr kechirish – barakotli umr kechirish demakdir.
Oila nizomsiz bo`lsa , uning yomon oqibati butun millatga ta`sir etadi va shu sababdan fazilar yeriga razolar, taraqqiyot o`rniga tubanlik negiz quradi.
Garchi oila tirmushni iqtisodiy tashkil etuvchi ilk uyushma sifatida ibtidoiy davrlardan boshlab mavjud bo`lib kelayotgan bo`lsa xam, davrlar o`tishi “zamonlar o`zgarishi’ bilan oilaning maqsad va vazifalari xam o`zgarib , tobora takomillashib boraveradi.
Dangara tuman FHDY mudirasi M.S.Olimova
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!