“Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari”








Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan respublikamiz bo‘ylab tashkil etilayotgan "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalarining mintaqa bosqichlari shiddatli bahslarga boy tarzda bo‘lib o‘tmoqda.
Dang‘ara tumani sport maktabida “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalarining mintaqaviy bosqichiga tantanali tarzda start berildi.
Mazkur musobaqaning yengil atletika sport turi bo‘yicha mintaqa bosqichining ochilish jarayonida viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i N. Xakimov tuman hokim o‘rinbosari hamda sport faxriylari ishtirok etib, musobaqa qatnashchilariga omad tiladilar.
Mintaqaviy bosqichida O‘zbekiston, Furqat, Beshariq, Dang‘ara tumanlari hamda Qo‘qon shaxardan kelgan sportchilar g‘oliblik uchun bellashdilar. Yakunda g‘olib va sovrindorlar medal hamda diplom bilan taqdirlanib, viloyat bosqichiga yo‘l oldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi

BOLA HUQUQLARI DAVLAT HIMOYASIDA


Transport vositasini olib qochish uchun qanday jinoiy javobgarlik belgilangan
