Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
61
14
Sayt test rejimida ishlamoqda...

822025-05-30 19:11

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi

Dang‘ara tumani IIB binosida IIB boshlig‘i Y.Abdurasulov hamda tuman prokurori A.Boboxonovlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Yuzma-yuz muloqotda yoshlarga har bir muvaffaqiyat kaliti bilimda ekanligini, ilm o‘rganish insonni komillik sari yetaklashini alohida ta’kidladi.

Uchrashuvda IIB boshlig‘i “Hech bir yoshning taqdiri bizni befarq qoldirmasligi kerak”, deya ta’kidlab, barcha sohalarda erishilayotgan yutuqlar yoshlar bilan chambarchas bog‘liqligi alohida e’tirof etildi.

Dang‘ara tuman prokurori o‘z kasbiy faoliyat tajribalari haqida gapirib, erishgan muvaffaqiyatlari zamirida faqatgina bilimga intilish, harakat mujassamligini qayd etib o‘tdi.

Shuningdek, tavakkalchilikka asoslangan turli xil qimor o‘yinlarida ishtirok etmaslik yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv davomida yoshlar uchun tibbiy ko‘rik, kitoblar ko‘rgazmasi, Ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyatida foydalaniladigan maxsus vositalar hamda qurol-aslahalar ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz