Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
147
27
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1662025-12-04 15:20

Ijtimoiy tarmoqlar orqali M. Usmonov tomonidan yo‘llangan video murojaat yuzasidan rasmiy munosabat

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2108988111791830.jpg

Ijtimoiy tarmoqlar orqali M. Usmonov tomonidan “Oqjar MFYda joylashgan eski mol bozori, Chinobod MFYda joylashgan yer maydoni hamda Taypoq MFYdagi Sh. Mamatovaning uy-joyi bilan bog‘liq nizoli masalalar haqida yo‘llangan video murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

Dang‘ara tumani hokimligi mas’ullari tomonidan mazkur videomurojaatda keltirilgan barcha masalalar atroflicha o‘rganib chiqildi.

Dang‘ara tumani Oqjar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yog‘ochni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar avtomobil yo‘li oldida yuk tashish transportlari uchun qulaylik yo‘qligi bois tuman hokimiga murojaat qilishgan. Tadbirkorlarning murojaatini o‘rganish natijasida, ularning faoliyatini qulay shart-sharoitga ega hududga ko‘chirish maqsadida ularga eski mol bozorida faoliyat yuritishga ruxsat berildi. Ushbu qaror tadbirkorlarning ish sharoitini yaxshilash, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda hududdagi tadbirkorlik muhitini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Dang‘ara tumani Chinobod mahalla fuqarolar yig‘inida “Drayver” loyihasi asosida o‘tkazilgan ochiq auksionda fuqarolar tomonidan 24 ta loyiha g‘olib bo‘ldi. Ushbu loyihalar mahallada savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yish, aholi bandligini ta’minlash va kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan.

SH. Mamatovaning nizoli yer maydoni bo‘yicha tuman hokimiga qilgan murojaati asosida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi. O‘rganishlar davomida ishchi guruh tomonidan murojaatchi Sh. Mamatovaning talabi va manfaatlarini inobatga olgan holda 2 sotix yer maydoni ajratilib, qonuniy tartibda o‘lchab berildi hamda bu haqda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek Sh.Mamatovaga nizoli yer masalalari sud orqali amalga oshirilishi bo‘yicha xuquqiy tushuntirishlar berildi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz