Dang‘ara tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.





Dang‘ara tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.
🔷Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududidagi bo‘sh yer maydonlariga turli manzarali ko‘chatlar ekildi.
🔷Tadbirda tuman hokimi, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i hamda tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlari ishtirok etdilar.
🔷“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlarni agrotexnik talablarga muvofiq parvarish qilish, ularni mineral va organik o‘g‘itlar bilan o‘z vaqtida oziqlantirib borish zarurligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz










