Dang‘ara tumanida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi








Dang‘ara tumanida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
🔷Dang‘ara tumanida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda soha rahbarlari, tibbiyot muassasalari xodimlari hamda tibbiyot sohasi nuroniylari ishtirok etdilar.
🔷Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi va soha rahbarlari davlatimiz rahbari tomonidan tibbiyot sohasini rivojlantirish, soha xodimlarining mehnatini munosib rag‘batlantirish, zamonaviy tibbiy xizmatni yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdilar.
🔷Shuningdek, ular barcha tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, tibbiyot sohasida ko‘p yillik samarali mehnati va fidoyiligi bilan ajralib turgan bir qator xodimlarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
🔷Bayramona dastur davomida mahalliy san’atkorlar va xushovoz xonandalar ijrosida qo‘shiqlar kuylanib, tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!










