To‘y va oilaviy marosimlarda ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirishni targ‘ib etish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi








To‘y va oilaviy marosimlarda ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirishni targ‘ib etish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
🔷Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025 yil 14 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida jamiyatda kuzatilayotgan isrofgarchilik, dabdababozlik va meyorni saqlamaslik kabi salbiy holatlarga barham berish, shuningdek, to‘y va oilaviy marosimlarda ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish orqali “maromiylik” madaniyatini keng targ‘ib etish zarurligi alohida ta’kidlangan edi.
🔷Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Dang‘ara tumani hokimligida davra suhbati tashkil etildi.
🔷Tadbirda “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi boshlig‘i Z. Rahmonov, tuman hokimi, mahalla xodimlari, nuroniylar, tuman imom-xatiblari, profilaktika inspektorlari hamda tegishli soha vakillari ishtirok etdilar.
🔷Suhbat davomida oilaviy ajrimlarning oldini olish, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh holatlariga e’tibor qaratish, shuningdek, to‘y va marosimlarda “maromiylik” madaniyatini ommalashtirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
🔷Shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M. Azizova tomonidan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilaviy ajrimlar, erta turmush va erta tug‘ruqlarni oldini olish bo‘rasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.
🔷Tadbir doirasida “Ota” badiiy filmi namoyish etildi. Film ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi hamda oilaviy qadriyatlarni asrashning muhimligini yana bir bor yodga soldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!










