Dang‘ara tumanida fuqarolar murojaatlari tinglandi





🔷Dang‘ara tuman hokimi ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Mazkur qabul jarayoni aholining turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o‘rganish va ularni amaliy hal etishga qaratildi.
🔷Qabul jarayonida tuman hokimi tomonidan har bir murojaat alohida tinglandi. Fuqarolar moddiy va tibbiy yordam masalalari, tadbirkorlik faoliyati uchun bank kreditlari ajratish, uy-joylarni ta’mirlashda ko‘mak berish kabi masalalar yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirdi.
🔷Barcha murojaatlar belgilangan tartibda ro‘yxatga olindi. Joyida yechimi topilgan masalalar shu yerning o‘zida hal etildi. Qonunda belgilangan huquq va majburiyatlar doirasida yechim talab qiluvchi masalalar bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushunchalar berildi.
🔷Fuqarolar qabullari orqali aholi muammolari muntazam ravishda o‘rganilib, ularning yechimini topish, shu orqali joylardagi turmush darajasini yaxshilashga e’tibor qaratib kelinmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz










