Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
187
37
Sayt test rejimida ishlamoqda...

982025-10-03 14:55

Dang‘aralik yosh futbolchilar tuman hokimi tomonidan taqdirlandi

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2102584999867910.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2102584999873885.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2102584999879860.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2102584999883445.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2102584999889420.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2102584999891810.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2102584999895395.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2102584999898980.jpg

Buxoro viloyatida 2025 yil 25–30 sentabr kunlari o‘tkazilgan «Futbol bez granits» Xalqaro futbol turnirida Dang‘ara tumani Barkamol avlod bolalar maktabi qoshidagi “FC LEGION” futbol jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shu munosibat bilan tuman hokimi yosh futbolchilar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida tuman hokimi g‘olib jamoa a’zolarini samimiy tabriklab, ularning yuksak natijalarini tuman sport sohasi rivoji yo‘lida muhim qadam sifatida e’tirof etildi.

Yosh sportchilarning mehnatini qadrlab, tuman hokimi tomonidan jamoaga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ta’kidlanishicha, mazkur g‘alaba nafaqat yosh futbolchilarning irodasi va mahorati samarasi, balki tumanda sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan amaliy ishlar natijasidir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz