Dang‘ara tumanida Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.








Dang‘ara tumanida Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Dang‘ara tumani hokimligi, tuman ma’naviyat bo‘limi hamda “Nuroniy” jamg‘armasi hamkorligida DXX Chegara qo‘shinlari 9223 "G" harbiy qismi harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan g‘oya asosida o‘tgan tadbirda mamlakatimiz mustaqillikka erishgan yillardan to bugunga qadar bosib o‘tilgan ulkan taraqqiyot yo‘li, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashda harbiy xizmatchilarning munosib hissasi haqida teran mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, tadbir doirasida harbiy xizmatchilarga va ularning farzandlariga turli yo‘nalishlardagi ma’naviy-ma’rifiy kitoblar tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir yakunida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun bayram konserti taqdim etildi. Ko‘tarinki kayfiyat, shodumon qo‘shiqlar va raqslar tadbirga alohida tantanaviylik baxsh etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Dang‘arada “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi


Maktab o‘quvchilari o‘rtasida voleybol sport musobaqalari tashkil etildi.








