Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
79
18
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1092025-07-28 17:43

“Ayollar daftari” imkoniyat yaratmoqda


Dang‘ara tumani Boybo‘ta mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Nishonova Zarifa Umarovna “Ayollar daftari” orqali davlat tomonidan ajratiladigan imtiyozli bank krediti imkoniyatlaridan samarali foydalanib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshladi.

Mahallasida faol, ishbilarmon ayol sifatida tanilgan Zarifa Umarovna tadbirkorlikka qadam qo‘yish orqali nafaqat shaxsiy daromad manbaini shakllantirdi, balki boshqa ayollar uchun ham namuna bo‘la oldi. U olagan imtiyozli bank krediti asosida tikuvchilik sexi tashkil etdi va ayni paytda mahalladosh xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga ham ulgurdi.

— Prezidentimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan “Ayollar daftari” orqali ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar men kabi o‘z ishini boshlashni istagan ayollar uchun katta tayanch bo‘lmoqda, — deydi Zarifa Umarovna. — Hozirgi kunda ish o‘rinlarini kengaytirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish niyatimiz bor.

Uning tashabbusi mahallada ijobiy kayfiyat uyg‘otib, xotin-qizlarning iqtisodiy jihatdan faollashuviga turtki bo‘lmoqda. Mazkur loyiha orqali bir qancha xotin-qizlar uchun doimiy daromad manbai yaratildi.

Ta’kidlash joiz, “Ayollar daftari” mexanizmi orqali mamlakatimizda minglab ayollar imtiyozli kreditlar, malaka oshirish kurslari va boshqa turdagi qo‘llab-quvvatlash choralaridan foydalanib, tadbirkorlikka qadam qo‘ymoqda. Bu esa jamiyatda xotin-qizlarning nufuzini yanada oshirib, oilalarda barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz