O‘g‘rilik jinoyati uchun qanday jinoiy javobgarlik belgilangan

O‘g‘rilik jinoyati uchun qanday jinoiy javobgarlik belgilangan
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga muvofiq mamlakat iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etadi. Mulk mutloq dahlsiz hisoblanadi va davlat tomonidan qo‘riqlanadi, unga nisbatan har qanday tajovuz qonunga zid deb topiladi.
Qonun mazmuniga ko‘ra, jabrlanuvchining yoki boshqalarning yo‘qligida yoki ular bor bo‘lsada, ularga bildirmasdan o‘zganing mol-mulkini yashirin talon-toroj qilish o‘g‘rilik hisoblanadi. Bordiyu jabrlanuvchi yoki boshqalar mol-mulkining olinayotganligini ko‘rgan bo‘lsada, lekin aybdor bildirmasdan harakat qilyapman deb o‘ylagan bo‘lsa, bunday qilmishni ham o‘g‘rilik deb tavsiflash lozim.
O‘zgalar mulkini o‘g‘rilik bilan egallagan va aybdor bu mulkdan o‘z xohishicha foydalanish yoki uni tasarruf etish imkoniyatiga ega bo‘lgan vaqtdan boshlab jinoyat tugallangan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida o‘g‘rilik jinoyati uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo‘lib, qonunga ko‘ra, o‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar: jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qo‘l yukidagi ashyoga nisbatan (kissavurlik); ancha miqdorda; bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib; umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo‘li bilan; umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga elektr energiyasi, gaz yoki suv ta’minoti tashkilotlarining mansabdor shaxslari yoki xodimlari tomonidan oldindan til biriktirib, tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Agar o‘g‘rilik: takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib; ko‘p miqdorda; neft quvurlarida, gaz quvurlarida, neft va gaz mahsulotlari quvurlarida sodir etilgan bo‘lsa, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bundan tashqari, o‘g‘rilik: juda ko‘p miqdorda; o‘ta xavfli retsidivist tomonidan; uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, sakkiz yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Maxkamjon Abdubannabov,
jinoyat ishlari bo‘yicha
Dang‘ara tuman sudining raisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

PQ-330-son qaror ijrosi ta’minlanmoqda.

Fuqarolar ishtirokida ochiq muloqot va sayyor sud o‘tkazildi

tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Dang‘ara tumanida “Kashtalar jilosi” tadbiri bo‘lib o‘tdi
