Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
67
14
Sayt test rejimida ishlamoqda...

212025-06-14 13:26

tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Dang‘ara tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Dang‘ara tumani 2-son politexnikumida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning muammolarini yaqindan o‘rganish va bartaraf etish, soha rivoji uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov, tuman hokimi hamda tegishli tashkilot raxbarlari ishtirok etdi.

Ochiq muloqotda kichik va o‘rta biznes vakillarining mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishdagi o‘rni va roli, soliq siyosatidagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Muloqot davomida yer va mol-mulk soliqlari, deklaratsiya, QQS, ortiqcha to‘lovlarni qaytarish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, yechimi topilgan murojaatlar joyida hal etildi va ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi.

Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz