Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
66
14
Sayt test rejimida ishlamoqda...

972025-06-12 19:15

Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov Dang‘ara tumanida

Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov Dang‘ara tumanida davlat dasturi asosida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

Dastlab, tuman prokurori tashabbusi bilan tumanning "Oltiqush" MFY hududida yangi maktab binosi qurilishi ko‘zdan kechirilib, kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda, tumanda dasturlar asosida qurilish ishlari olib borishga mas’ul bo‘lgan loyihachi, buyurtmachi, pudratchi hamda eksplutatsiya tashkilotlari rahbarlari qatnashib, qurilish jarayonlari bo‘yicha hisobot va axborot taqdim etdilar.

Yig‘ilishda qurilish ishlari sifatli, meyorlar asosida olib borilishi, budjet mablag‘larini iqtisod qilishning qo‘shimcha manbalariga e’tibor qaratish lozimligi urg‘u berilib, mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.12.2024 yildagi PQ-454-sonli Qarori doirasida "Teliming" MFY xududidagi 4-sonli maktab binosini qurish obyektida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib o‘tildi.

O‘rganishda, binoni sifatli ta’mirlash va o‘z vaqtida topshirilishi yuzasidan aniq muddatli topshiriqlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz