Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
67
14
Sayt test rejimida ishlamoqda...

222025-06-14 13:20

Dang‘ara tumanida “Kashtalar jilosi” tadbiri bo‘lib o‘tdi


Dang‘ara tumani 2-son politexnikumida milliy hunarmandchilik va amaliy san’atni targ‘ib etishga qaratilgan “Kashtalar jilosi” nomli ko‘rgazmali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin- qizlar boshqarmasi boshlig‘i Kavlonova Komila Anvarovna, Viloyat IIB ,JXX huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik D.A.O‘rinova ishtirok etdi.

Tadbir davomida mahalliy hunarmand ayollar tomonidan tikilgan turli xil kashta va milliy buyumlar namoyish etildi. Kashtachilikning texnikada tayyorlangan buyumlardan farqlanishi, u orqali xalqimizning didi, qalb qo‘ri va san’atga bo‘lgan muhabbati namoyon bo‘lishi ta’kidlandi.

“Kashtalar jilosi” tadbiri mahalliy aholi va yoshlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. U milliy an’analarni targ‘ib qilishda, hunarmandchilikni rivojlantirish va yoshlarni ushbu sohaga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — milliy merosimizni asrash, mahalliy hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yosh avlodga xalq hunarlarini tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Boshqa yangiliklar