Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
67
15
Sayt test rejimida ishlamoqda...

672025-06-16 10:05

Fuqarolar ishtirokida ochiq muloqot va sayyor sud o‘tkazildi

Fuqarolar ishtirokida ochiq muloqot va sayyor sud o‘tkazildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudining tergov sudyasi Sh.Komilov, Dang‘ara tuman IIB boshlig‘i Y.Abdurasulov, Dang‘ara tuman prokurori katta yordamchisi E.G‘ofurov ishtirokida Dang‘ara tuman Bolalar musiqa va san’at maktabi binosida fuqarolar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ochiq muloqot davomida odam savdosi jinoyati va mazkur jinoyat uchun jinoiy javobgarilk masalalari, tuman hududida sodir qilinayotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarni kelib chiqish sabablari va luarni oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida ma’ruzalar qilindi. Muloqot davomida fuqarolar tomonidan berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan javoblar berildi.
Bundan tashqari, shu kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudining ochiq sayyor sud majlisi o‘tkazilib, sud majlisida Dang‘ara tuman IIB boshlig‘ining jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish, jazoni og‘irrog‘i bilan almashtirish haqidagi taqdimnomalari hamda Dang‘ara tuman IIB tomonidan sudga taqdim qilingan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqildi.


I.Fayzimatov,
jinoyat ishlari bo‘yicha
Dang‘ara tuman sudining
devonxona mudiri

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz