Xalq deputatlari Dang‘ara tuman Kengashining VII-chaqiriq 8-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.







Xalq deputatlari Dang‘ara tuman Kengashining VII-chaqiriq 8-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashining raisi Sh.Tojixakimov ochdi va olib bordi.
Dang‘ara tuman maxalliy budjetning 2025-yil I-chorakdagi ijrosi to‘g‘risida tuman moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Latipov Kozimjon Xakimjonovich ma’lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, Dang‘ara tumanida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi xududlar, manbalar va suv ipte’molchilari bo‘yicha suv olish limitlarini tasdiqlash hamda yoshlar muammolarini xal qilish, bandligini ta’minlash bo‘yicha har oy yoshlar bilan uchrashish tizimini joriy qilish to‘g‘risidagi xisobotlar eshitildi.
Shuningdek, sessiyaga kiritilgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. Sessiyadagi barcha masalalar deputatlar tomonidan muhokama etilgach, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

1 iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

sug‘orish mavsumida suvdan foydalanish yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi

BOLA HUQUQLARI DAVLAT HIMOYASIDA


Transport vositasini olib qochish uchun qanday jinoiy javobgarlik belgilangan