“Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” yubiley medallari front ortida mehnat qilgan faxriylarga topshirildi.








“Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” yubiley medallari front ortida mehnat qilgan faxriylarga topshirildi.
Prezidentimizning “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni munosib nishonlash to‘g‘risida”gi qarori va “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni asosida Dang‘ara tumanida ham front ortida mehnat qilgan faxriylar holidan xabar olinib, ularga alohida ehtirom ko‘rsatilmoqda.
9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan Dang‘ara tumani hokimi, tuman mudofaa bo‘limi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari tumandagi bir gurux front ortida mehnat qilgan faxriylar xonadoniga tashrif buyurishdi.
Front ortida mehnat qilgan faxriylar bilan suxbatlashib, ularga “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” yubiley medallari, bir martalik pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alarini topshirishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Dang‘ara tumani Taptiqsaroy mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

9 may – Xotira va qadrlash kuni


Tuman hokimi ishtirokida fuqarolar murojaati tinglandi.