Dang‘ara tumani Taptiqsaroy mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.








Dang‘ara tumani Taptiqsaroy mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i Mamajonov Nuriddin Yoqubjonovich, Dang‘ara tumani hokimi hamda tuman Xalq qabulxonasi mudiri ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida aholini o‘ylantirayotgan muammolari eshitildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning ichimlik suvi, elektr ta’minoti, ichki yo‘llarni asfaltlash, tadbirkorlik uchun kredit olish, uy-joyni ta’mirlashda ko‘maklashish, moddiy va tibbiy yordam kabi masalalar bo‘yicha murojaatlari birma bir tinglandi.
Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, yechimi topilgan murojaatlar joyida hal etildi va ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Dang‘ara tumanida fuqarolar murojaatlari tinglandi


Dang‘ara tumani hokimi faol nuroniylar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi

Dang‘ara tumanida mahalla raislari uchun o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi

Dang‘ara tumani G‘umoyli MFY ko‘chalari shag‘allashtirilmoqda